Vazir Hilola Umarova: "Rahbar ayollar maktabi" tinglovchilarining 44 nafari ta’lim xodimi ekanligidan faxrlanamiz"

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv dasturi doirasida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv soati tashkil etildi.
Unda mazkur dasturda qatnashayotgan 100 nafar ishtirokchi ayollar qamrab olindi. Ulardan 44 nafari ta’lim muassasalari rahbarlaridir.
➖ Vazir Hilola Umarova o‘z so‘zida yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki va Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
📍 Ma'lumot o‘rnida: "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv kursida tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etishning muhim jihatlari xususida malakali ekspertlardan tahsil olishadi.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirishi belgilangan.
❗️Vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan qariyb bir million xodimning 72 foizi, tizim rahbarlarining deyarli 50 foizi xotin-qizlardan iborat.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















