Bugun millionlab opa-singillarimiz qatori men uchun chinakam bayramona kun bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Davlatimiz rahbarining samimiy tabrikalarini tingladik. Yangi O‘zbekiston rivoji yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bu yil Zulfiya mukofotiga munosib topilganlar orasida “Yangi O‘zbekiston” universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha magistranti Ummatoy Yo‘ldosheva ham borligi quvonchimni ikki karra oshirdi.
Ummatoy erishgan yutuqlarni ko‘rib uning yoshlik davri yodimga tushdi. Esimda, o‘shanda uni INXА universitetida aynan Kompyuter fanlari va muhandisligi yo‘nalishida o‘qishga undagandim. Boshida onasi ikkilanibroq rozi bo‘lgandi.
Vaqt o‘tgan sari Ummatoyning IT sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlari o‘shanda to‘gʼri qaror qabul qilganini tasdiqlab boryapti.
Uning ko‘ksiga mukofot taqilganda ko‘zimga beixtiyor sevinch yoshlari keldi… Uning Davlatimiz rahbari tomonidan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziriga maslahatchi sifatida tavsiya qilinganligi esa, quvonchimga quvonch qo‘shdi. Shubhasiz, bu yuksak ishonch va e’tirof demakdir.
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida Ummatoy bilan yana birgamiz.
Ummatoyga va uning timsolida minglab singillarimning kelgusi faoliyatida davomli zafarlar tilab qolaman.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi