Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda shaffoflikni ta’minlash uchun vazirlikda “Situatsion markaz” tashkil etildi

Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas’ullari ham ishtirok etishdi.
Vazir Hilola Umarova ayni vaqtda hamkor tashkilotlar bilan birga davlat byudjetidan samarali va maqsadli foydalanish boʻyicha qator ishlar olib borilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
Bu borada inson omilini keskin kamaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash uchun vazirlikda “Situatsion markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hozirga qadar “Situatsion markaz” tomonidan oʻrganilgan moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat byudjetiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur ishlar olib borilmoqda.
➖ Oʻtgan hafta 38 mingdan ortiq davlat va nodavlat bogʻchalar rahbarlari bilan oʻtkazilgan muloqot davomida bogʻchalardagi pedagoglar salohiyati, taʼlim-tarbiya sifati boʻyicha amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar muhokama qilingan edi.
Vazir ushbu masalaga ham atroflicha toʻxtalib, joylarda maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazish hamda ularning soha rivojiga doir takliflarini umumlashtirgan hoda oʻrganib chiqish boʻyicha masʼullarga oʻz koʻrsatmalarini berdi.
✔️Shuningdek, “Turon” maktab teatri respublika tanlovi haqida so'z yuritildi. Ma'lumki, “Turon” maktab teatri respublika tanlovida oʻtgan yili 12 mingdan ortiq jamoa (101 384 nafar oʻquvchi) ishtirok etgan boʻlsa, joriy yilda 45 mingdan ortiq jamoa (362 304 nafar oʻquvchi) qatnashmoqda.
Shu bois soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida tanlov Nizomiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi