Ustozlar uchun ilmiy konferensiyalardan bog‘chalar o‘rtasida tanlovlargacha — JIZZAXda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatida bo’lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ham ishtirok etdi.
➖ Muloqotda vazir Hilola Umarova yurtboshimizning ta'limga qaratayotgan e’tiborlari xususida alohida to’xtalib, sohaning rivoji uchun barchaning birdek mas'uliyatli ekanligini alohida ta'kidladi.
❗️Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 51-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari ishtirokchilar tomonidan:
➖o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish,
➖maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining ishlarini ommalashtirish.uz platformasiga joylab borish,
➖bog‘chalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish,
➖hududlarda STEM markazlarini tashkil etish,
➖malaka oshirishda mobil guruhlardan foydalanishni kengaytirish kabi takliflar ilgari surildi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















