Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra:
👉 2025-yil 1-iyundan:
➖ nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
👉 2025-2026-oʻquv yilidan:
➖ oʻquvchilar oʻrtasida muhandislik-ixtirochilik yoʻnalishida olimpiadalar oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda gʻolib boʻlgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy taʼlim muassasalarining olimpiada yoʻnalishiga mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga imtihonlarsiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
👉 2025-yildan:
📍“El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
➖ har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal oilalar farzandlarini xorijda oʻqitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
➖ saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida oʻqitish.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















