Ma'sud Madaminov Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 10-“B” sinfida ta'lim oladi

E'tiborlisi, iqtidorli bu o'quvchi ENE Kids loyihasida o'zining innovatsion g'oyalari va ixtirolari bilan allaqachon tilga tushgan. Ma'sudning elektr energiyasini tejashga qaratilgan “Aqlli uy” loyihasi maishiy sharoitda elektr energiyasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunda tajribali fizika fani o'qituvchi Dilorom Raxmanovaning alohida hissasi bor, albatta.
Yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida Ma'sud Madaminovning iqtidori va bilimiga yuksak baho bergani ham bejiz emas. Uning bir-biridan muhim va qiziqarli loyiha, ixtirolari xalqaro miqyosdagi tanlovlarda alohida e'tirof etib kelinmoqda.
Marhamat, yosh ixtirochi Ma'sudning rejalari va orzulari haqida o'zidan eshiting.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















