“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” ko'rik-tanlovi tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda poytaxtimizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o'rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” ko'rik-tanlovi tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda.
Jumladan, bugun Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida dastlabki ikki bosqichda saralangan 50 nafar uslubchi va tarbiyachilar uchinchi shart bo'yicha o'zaro bahslashdilar.
Ma'lumot o'rnida aytish kerak, dastlabki bosqichda tumandagi mavjud 52 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidan 79 nafar pedagog-xodim o'z ishtirokini boshlashgan edi. Tanlov g'oliblari shahar bosqichiga yo'llanmalarni qo'lga kiritadi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















