Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha taʼlim yoʻnalishi rahbari Rita Almeyda bilan uchrashdi

Unda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilishi yakuniga yetayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi muhokama qilindi.
Xorijiy hamkor tomonidan loyiha doirasida erishilgan ijobiy natijalar va yutuqlar alohida ta’kidlanib, mazkur loyihaning bank portfelida eng ilg’or o’rinda ekanligi e’tirof etildi.
➖ Shuningdek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etgan holda yangi umumta’lim maktablari barpo etish va ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
📍Muloqot yakunida tomonlar taʼlim sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va hamkorlikni kengaytirish borasida o‘zaro hamfikr ekanliklarini bildirib, yaqin istiqbolda hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















