Aprel-may oylarida 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari oʻtkaziladi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarini tashkil etish, inklyuziv sinflari mavjud taʼlim maskanlari hamda “Jasorat maktab”lari faoliyati, “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarini oʻtkazish masalalariga doir “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
➖ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan haftada Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida olib borilgan oʻrganish natijalariga toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, pedagoglar va masʼullar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirishga doir ijobiy oʻzgarishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.
📍 Yigʻilishda joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka sinovlariga texnik tayyorgarlik ishlari tilga olib oʻtildi hamda masʼullarga sinov joylarini tayyorlash va kompyuter jamlanmalarini uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.
Vazir inklyuziv sinflar mavjud taʼlim maskanlari faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, ayni vaqtda 947 ta maktabda 1 401 ta inklyuziv sinf tashkil etilib, ularda 1 948 nafar nogironligi boʻlgan bolalar jalb etilganligini qayd etdi.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi