Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘quvchi-yugur" loyihasi amalga oshirilmoqda

Bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ushbu loyiha doirasida marafon tashkil etildi. Unda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan jami 2 ming nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi.
Tadbirda qator tashkilotlar rahbariyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ham ishtirok etdi.
➖ Shuningdek, tadbir doirasida “Talaba yugur” va “Inson yugur” marafonlari ham tashkil etildi.
Ma’lumot o‘rnida: bunga qadar 3-4-aprel kunlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida tashkil etilgan marafonda 3800 nafar o‘quvchi jalb etildi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















