Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Piergabriele Papadia de Bottini bilan uchrashdi

Unda ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot avvalida elchi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi hamda ta’lim ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
📍 Shuningdek, tomonlar kelgusida ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xususan:
➖ italyan tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish,
➖sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda
➖o‘quvchilarni maktablarda kasbga o‘qitish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olishdi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















