"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi -2025" kasbiy ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi barcha g'olib va sovrindorlari nomi ma'lum bo'ldi

Poytaxtimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari o'rtasida o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi -2025" kasbiy ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi barcha g'olib va sovrindorlari nomi ma'lum bo'ldi.
Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
Respublika bosqichida ishtirok etadigan pedagoglar bilan tanishing: Lionora Eshalieva, Moxinur Egamberdiyeva (ikkisi ham Olmazor tumani, 52-DMTT), Gulnoza Qurbonova (Olmazor tumani, 201-DMTT), Munisa Boboyeva (Yunusobod tumani, 206-DMTT), Gulmira Jurayeva (Chilonzor tumani, 204-DMTT), Mohinaxon Mamasoliyeva (Shayxontohur tumani, 112-DMTT).
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















