Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Toshkent shahar bosqichi uyushqoqlik bilan o'tkazildi

Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Toshkent shahar bosqichi uyushqoqlik bilan o'tkazildi.
Unda tuman bosqichlarida munosib ishtirok etgan o'n ikki jamoa keyingi bosqich yo'llanmasi uchun o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Tanlov adolatli va shaffof oʼtkazilishi maqsadida boshqarma xodimlari jalb etilib, jarayon jonli efir orqali yoritib borildi.
🏆Eslatib o'tamiz, mazkur bosqichda g'olib va sovridorlar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin uchun – 250 million so‘m
🥈2- o‘rin uchun – 200 million so‘m
🥉3-o‘rin uchun – 150 million so‘m.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















