Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida “Maktab mamlakatiga sayohat” ("Путешествие в школьную страну") tadbiri tashkil etildi

“Bog‘cha – maktab uzviyligi: bolalarni maktabga moslashuvning ustuvor yo‘nalishi!”. Ana shunday shior ostida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida “Maktab mamlakatiga sayohat” ("Путешествие в школьную страну") tadbiri tashkil etildi.
Tadbir 2025/2026-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan bolalarning moslashuvini osonlashtirish, ular uchun mini-darslar, animatorlar va ertak qahramonlari bilan tanlovlar, bolalarda guruhlarda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda maktab bilan tanishish sayohatlarini o‘z ichiga olgan dastur tayyorlandi.
Bu tadbir “master-klass” formatida o‘tkazildi, unga tumandagi o‘quvchilar kontingenti past bo‘lgan maktab direktorlari taklif etildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















