Umumiy oʻrta taʼlim maktablari diqqatiga!

2025-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
✅ Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflardagi oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlariga mosligini tahlil qilish:
➖ tugʻilganlik haqida guvohnomaning seriyasi va raqami;
➖ familiyasi, ismi, sharifi tugʻilganlik haqida guvohnoma bilan bir xil ekanligi;
➖tugʻilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada koʻrsatilgan sanaga mos kelishi.
✅ Oʻquvchining amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida toʻg‘ri kiritilganligini koʻrib chiqish.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi