Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari xalqimizni 15-may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi. “Oila – jamiyat tayanchi, maʼnaviyat beshigi va avlodlar oʻrtasidagi uzviylik ramzidir. Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi.
Darhaqiqat, oʻzaro hurmat, shukronalik bor oilalarda fayz boʻladi. Bunday oilalar qancha koʻp boʻlsa, mahalla ham tinch va obod boʻladi. Mahallasi tinch tumanlar va shaharlarda, umuman, butun mamlakatda rivojlanish boʻladi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik, totuvlik va faravonlik tilayman. Mehr-oqibat, sadoqat hech bir xonadonni tark etmasin!”
– dedi Prezident.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















