Hokim 9-sonli umumta’lim maktabidagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Yunusobod tuman hokimi B.Abduvaliyev 9-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda yangi o‘quv yili uchun yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar mobaynida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qozonxonalarning shayligi, sinfxonalardagi isitish tizimining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab binosida yong‘inga qarshi kurashish va yong‘in xavfsizligining ahvoli ham o‘rganildi. Tuman hokimi umumta’lim maktabi rahbari bilan muloqot o‘tkazib, kuz-qish mavsumida barqaror faoliyatni ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishi kerakligini ta’kidladi.
Tuman hokimi tashrif davomida mas’ul tashkilot rahbarlari bilan muloqot olib borib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlarni yaratish, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi
03.11.2025 / 09:40.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi
03.11.2025 / 09:36.Yunusobod tumanidagi “Toychoq” nomli 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o'tkazildi





















