“Bilimlar muzyorari” (Icebreaker of Knowledge) Arktika ekspedisiyasida O‘zbekiston nomidan qatnashdi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta'lim maktabi 11-“G” sinf o‘quvchisi Alina Chembayeva joriy yilning avgust oyida o‘tkazilgan xalqaro “Bilimlar muzyorari” (Icebreaker of Knowledge) Arktika ekspedisiyasida O‘zbekiston nomidan qatnashdi.
O'n kun ichida dunyoning yigirma bir davlatidan tashrif buyurgan iqtidorli o‘quvchilar (jumladan O‘zbekiston nomidan Alina Chembayeva) Shimoliy Qutbga yetib borib, ekspeditsiya doirasida amalga oshirilgan taʼlim dasturida faol ishtirok etdi.
Yoshlar uchun bunday xalqaro loyihalarda ishtirok etish nafaqat fan va ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi, balki ularni fanga qiziqish, yangilik yaratish va dunyo ta’lim muhitiga qo‘shilishga rag‘batlantiradi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















