Yunusobod tumanida yangi "Ilk rivojlantirish markazi" ochildi

Vazirlar Mahkamasining 439-son qaroriga muvofiq Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi huzurida zamonaviy "Ilk rivojlantirish markazi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i, S.Kirgizbayev va mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Mehmonlar markazdagi sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari va bolalarning har tamonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ma‘lumot o‘rnida, Ilk rivojlantirish markazlari tashkil etilishi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Markazlar asosan 3–6 yoshli bolalarni, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qamrab oladi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















