O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
➖ “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari;
➖ Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari”;
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan "Kelajak" markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi;
➖ “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi;
➖ maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
➖ menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan “Kelajak” markazlari direktor va direktor o‘rinbosarlariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 50 foiz va 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi;
➖ inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi;
➖ "Kelajak" markazlariga ular tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda tegishli hududdagi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar markazlari bino va inshootlaridan bepul foydalanishga ruxsat etiladi;
➖ 2026-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar to‘lanadi.
24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















