Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ishtirokida qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ishtirokida qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Xususan:
Vazir Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf Solih Algahrah Al-Utaybiy bilan muloqot qildi.
Unda maktabgacha va maktab ta'limi sohasiga investitsiya va grant loyihalarini jalb qilish, pedagoglar malakasini oshirish, ta'limdagi infrastrukturani rivojlantirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilindi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Sabine Mahl bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda BMT bilan maktabgacha va maktab ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari, xususan, YUNESKO, YUNISEF, BMTTD va boshqa tashkilotlari birga qilinayotgan loyihalar haqida fikr almashildi.
Vazir E‘zoza Karimova shu kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk bilan ham hamkorlikdagi ishlar va kelgusi rejalarni muhokama qildi.
Unda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.
➖ Jumladan, elchi janoblari yurtimizda ta’limda amalga oshirilayetgan islohotlarni yuqori baholadi hamda O‘zbekistonda fransuz tilini yanada ommalashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















