Yunusobod tumani “Nurmakon” mahallasida joylashgan “Baxtli bolalik” nomli 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yirik ta'lim muassasalaridan biri sanaladi

Ushbu maskanda pedagoglar tomonidan jajji o'g'il-qizlarni mehnatsevarlik, ijodkorlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda noan'anaviy va interfaol uslublar yordamida tashkil etilayotgan amaliy mashg'ulotlar juda asqotmoqda.
Jumladan, mohir pedagog Nozima Hakimova tomonidan o'rta yosh guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Saxovatli kuz” mavzusida uyushtirilgan ochiq mashg'ulotlarda bolajonlar faol qatnashdilar. Tarbiyachining mahorati tashkilot ma'muriyati va pedagoglari tomonidan ijobiy baholandi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















