Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Rexina Kastijio va Redjio bolalar fondi Bosh direktori Kristian Fabbi bilan uchrashdi

Muloqot doirasida Erta ta’lim bo‘yicha Mintaqaviy Tadqiqot va Innovatsiyalar Markazini tashkil etish yuzasidan uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur tashabbus maktabgacha ta’limda sifat, pedagoglar salohiyati va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilar:
— master-trenerlar tayyorlash va pedagoglar malakasini oshirish;
— mahalliy ehtiyojlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
— Erta bolalik ta’limi va parvarishi samaradorligi va madaniy moslashuv bo‘yicha amaliy tadqiqotlar;
— mintaqaviy tarmoqlanish va ilg‘or tajribalarni almashish.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















