Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Xitoyning “Tang International Education&Technology” kompaniyasi prezidenti Li Jinsong bilan uchrashdi

Tadbir avvalida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, joriy etilgan yangiliklar hamda xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida turli sohalarda, jumladan maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishida hamkorlik munosabatlari yildan-yilga izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Li Jinsong kompaniya faoliyati va asosiy hamkorlik yo‘nalishlari haqida to‘xtalib, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xitoy tilini o‘qitishga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim platformasi va uning afzalliklari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar va loyihalar muhokama qilindi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















