Yunusobod tumanidagi “Mehrjon” nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Yangi yil sarguzashtlari” bayram tomoshalari uyushqoqlik bilan o'tkazildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Mehrjon” nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Yangi yil sarguzashtlari” bayram tomoshalari uyushqoqlik bilan o'tkazildi.
Bayramda Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari qatnashdilar. Bolajonlar o’zlarining she’r, qo’shiqlar va raqslari bilan bayramga o’zgacha shukuh baxsh etdi.  Bayram ko’tarinki ruhda, sarguzashtlarga boy tarzda o’tkazildi. 
Tadbir so’nggida bolajonlarga tashkilot ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq  va bayram sovg’alar topshirildi.