Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova poytaxtimizdagi 220-umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
➖ Tadbir davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi hamda 11-sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazilayotgan fakultativ mashgʻulotlarda ishtirok etdi.
➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/266079)  Shu bilan birga, “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasani muvaffaqiyatli tashkil etish, oʻquvchilar bilan ishlashga doir muhim masalalar boʻyicha xorijlik va mahalliy chet tili oʻqituvchilar bilan muloqot qildi.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda maktabda 2 363 nafar oʻquvchiga 14 nafar xorijiy til fani oʻqituvchilari tahsil berib kelmoqda. Ularning 9 nafari xalqaro, 3 nafari milliy sertifikatlarga ega.
Shuningdek, xorijiy mutaxassis, misrlik Ahmed Mostafa Abdulkarim oʻquvchilarga ingliz tili fanidan dars berib keladi.