Bugun "Kelajak" markazining umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun ikkinchi bosqich — suhbat jarayonlariga start berildi


Respublikamizning barcha hududlarida boʻlib oʻtayotgan sinovlarda nomzodlar o‘z bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Bunda talabgorlarning o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va kasbga yo‘naltirish, akademik rejalashtirish, loyiha va treninglarni tashkil etish, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish hamda ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalari baholanmoqda. 
➖  Munosib, deb topilgan nomzodlar hududiy komissiya tavsiyanomasi asosida maktab direktorlari tomonidan ishga qabul qilinadi.