Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E‘zoza Karimova Bahraynning “Lamar Holding” kompaniyasi Prezidenti Lina Nureddin bilan uchrashdi

Muloqot avvalida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, vazirlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, DXSH tamoyillari asosida barpo etilayotgan maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘yicha mavjud tajriba va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
O‘z navbatida Lina Nureddin “Lamar Holding” kompaniyasining faoliyati, asosiy maqsadlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratib, O‘zbekistonga investisiyalar kiritish bo‘yicha takliflar kompaniya tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish va imkoniyatlarni o‘rganib chiqishga kelishib olishdi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















