Maktab darsliklarining ijarasi doimiy bepul bo'ladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bog‘liq keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Qizg‘in va turli mavzularga boy bo‘lgan anjuman davomida jurnalistlarning xalq ta’limi tizimi, jumladan, maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi. Ta’kidlanganidek, endilikda maktab darsliklarining ijara to‘lovlari doimiy ravishda bepul bo‘ladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan topshiriq olingan. Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berildi.


07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi

30.09.2025 / 11:16.Yunusobod tumanidagi 136-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ustozim — oftobim!” shiori ostida bayram ertaligi uyushtirildi

30.09.2025 / 06:39.Yunusobod tumanidagi “Toychoq” nomli 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ustozga ehtirom” shiori ostida bayram ertaligi zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi