“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlandi
Xalq ta’limi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarining qo‘shma qaroriga muvofiq, har yili o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli bilan taqdirlab kelinmoqda.
Jumladan, bu yil ham o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi 5400000 so‘m miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Ular orasida Yunusobod tumanidagi 105-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Maftuna Normo‘minova hamda Yashnobod tumanidagi 198-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Shaxnoza Abdulqosimovalar ham taqdirlandi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















