Maktablarda dzyudo sport turi yanada rivojlantiriladi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Unga muvofiq:
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) “Maktablarda dzyudo” dasturi bo‘yicha dzyudoga ixtisoslashtiriladigan 20 ta maktabni dzyudo tatamilari va bolalar kimonolari bilan ta’minlash;
Sportni rivojlantirish vazirligi “Maktablarda dzyudo” dasturi asosida tashkil etilgan seksiyalarni trenerlar bilan ta’minlash, trenerlar, instruktorlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish va umumta’lim muassasalarining bolalari o‘rtasida dzyudo musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi “Maktablarda dzyudo” dasturi bo‘yicha tashkil etilgan seksiyalarni sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, o‘quvchilar o‘rtasida musobaqalar va tadbirlar tashkil etishga ko‘maklashish va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar tashkil etish, shuningdek, “Maktablarda dzyudo” dasturi sport seksiyalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















