“Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta’lim”ni joriy etish pedagoglardan boshlanmoqda
Bugun Toshkent shahrida Finlandiya ta’lim metodikalarini o‘qitishga qaratilgan o‘quvlar boshlandi.
O‘quvlarga 14 ta tayanch maktablarining 140 nafar o‘qituvchilari, hududiy malaka oshirish markazlarining 40 nafardan ortiq trenerlari va metodistlar, pedagogika OTMlarining profesor-o‘qituvchilari jalb qilingan.
Keyingi 6 kun davomida ustozlar uchun maxsus malaka oshirish jarayonlari tashkil etiladi.
Jarayondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajlarni Feysbukdagi Vazirlik sahifasidan (https://fb.watch/gAwcladFrp/) ko‘rish mumkin. Shuningdek, "Domlajon (https://t.me/domlajon)" kanalida ham batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Bu malaka oshirish kurslari katta jarayonlarning boshlanishidir. Keyingi oylarda joylarda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘qitish ishlari davom ettiriladi.
Har bir hududda “Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta’lim” shiori ostida yirik anjumanlar tashkil etib borilib, ushbu anjumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida o‘qituvchilarga, ota-onalarga va keng jamoatchilikka axborot berib boriladi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















