Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev tumandagi umumta’lim maktablari faoliyatini o‘rganmoqda
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev tumandagi umumta’lim maktablari faoliyatini doimiy o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib kelmoqda. O‘rganishlarning navbatdagi tumandagi 5-umumta’lim maktabida olib borildi. Dastlab, maktabdagi dars jarayonlarining sifat darajasini, kadrlar salohiyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng, tuman hokimi B.Abduvaliyev maktab to‘liq ta’minlanganlik holatini hamda maktab oshxonasining faoliyatini to‘liq ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birgalikda mas’ullar bilan suhbatda bo‘lib, maktabdagi mavjud muammolar ham o‘rganildi.
Hokim, dars jarayonlarida ishtirok etib, darslarning davlat ta’lim standartlari talablari asosida zamonaviy AKT dan foydalangan holda o‘tilayotganligi va o‘quvchilarning zamon talablari asosida bilim olayotganliklariga, maktab oshxonasining tozaligi va sanitariya qoidalariga rioya qilinganligi hamda talab darajasida ekanligiga o‘rganishlari davomida alohida e’tibor qaratdi.


17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















