O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Butunjahon ta’lim konferensiyasi doirasida Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri bilan uchrashdi
Joriy yilning 14 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro Kongress markazida Kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Konferensiya doirasida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik munosabatlari xususida so‘z bordi. Emin Amrullayev O‘zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va davlat siyosatiga yuqori baho berdi.
Ozarbayjon ta’lim vaziri PISA, PIRLS xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, darsliklar yaratish sohasidagi tajriba haqida so‘z yuritar ekan, bugungi kunda Ozarbayjon maktablarida ta’lim sifati, o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida qo‘yilayotgan talablarga to‘xtalib o‘tdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















