Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumta’lim maktabida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi
Joriy yilning 15 noyabr kuni Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumta’lim maktabida Xalq ta’limi vazirligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasining qo‘shma qarori va belgilangan Nizom asosida 2-10 noyabr kunlari ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari G.Sh. Yakubova, tuman Xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish shu’basi mudiri D.I.Muminova, tuman Kasaba uyushmasi raisi Sh.B.Sharipova, ota-onalar, o‘quvchilar, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. G‘oliblar tuman Xalq ta’limi bo‘limi xamda kasaba uyushmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda "Sevimli" telekanali xamda "Ma’rifat" gazetasi muxbirlari ishtirok etib tasvirga oldilar.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















