“Bag‘rikenglik festivali” haftaligida 2 mln.dan ziyod maktab o‘quvchilari ishtirok etdi

Joriy yil 14-19 noyabr kunlari yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bag‘rikenglik festivali” o‘tkazildi. Mazkur haftalik doirasida o‘quvchilar tomonidan turli xalq va millatlar vakillari timsolini, urf-odatlarini aks ettiruvchi badiiy dasturlar namoyish etildi.
Jumladan, “Mening bag‘rikeng dunyoim” mavzusidagi eng yaxshi rasmlar, “She’rxonlik kechasi”, “Bag‘rikenglik mening nazdimda” mavzusidagi eng yaxshi insholar, “Milliy liboslar namoyishi” tanlovlari hamda “Milliy an’ana va udumlar” ko‘rgazmasi, milliy kuy, raqs va qo‘shiqlar ijrosi aks etgan gala-konsert tadbirlarida 2 mln.dan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar shoir, yozuvchi, mahalla faollari, ota-onalar, hokimliklar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari hamkorligida faxriy yorliqlar, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















