“3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Yunusobod tumani nuroniylar kengashi a'zolari va "Matonat" mahallasining ziyoli, faol nuroniylari hududdagi 80-umumta'lim maktabida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarga nogironlarning sog‘lig‘ini saqlash, ularga ta'lim, ish berish, jamiyatda to‘laqonli ishtirok etish yuzasidan ma'lumotlar berildi. Nuroniylar tomonidan salomatligida muammo yoki nuqson bor kishilar, asosan, nogiron yoshlar mehr-muruvvat, e'tiborga muhtoj bo‘lishini qayd etib, ularni muntazam ravishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham konstitutsion ham insoniylik burchimiz ekanligi tushuntirildi. Shu boisdan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ko‘ngliga qarash, ularga doimo g‘amxo‘rlik qilish, ko‘mak bo‘lish, mehr ko‘rsatish ulug‘ saodat ekanligi tushuntirildi

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















