Respublika psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizda Respublika psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi. Hozirda poytaxtimizdagi ta'lim muassasalarida 200 nafar amaliyotchi-psixolog o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda. Forumda “Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat yo‘nalishidagi islohotlar”, “Xalq ta'limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” va “Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” singari mavzularda seminar-trening uyushtirildi. Forum yakunida eng faol psixologlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















