“Noyabr — xorijiy tillar fan oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan “Noyabr — xorijiy tillar fan oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda poytaxt umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan ikki yuz nafarga yaqin xorijiy tillar fan o‘qituvchilari qatnashdi. Tadbir davomida fan oyligining sarhisobi va kelgusida xorijiy tillarni o‘qitishda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar tuzib olindi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligining Toshkent shahar vakilligi boshlig‘i Muqaddas Ogay o‘z taqdimoti bilan qatnashdi hamda Britaniya Menejment universiteti professor-o‘qituvchisi Saymon Poli chet tili o‘qituvchilari uchun ma'ruza o‘qidi. So‘ngra chet tili o‘qituvchilari 4 ta sho‘'baga bo‘linib, ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha seminar-treninglarda qatnashdi.


12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















