“Jaholatga qarshi — ma'rifat!” mavzusidagi ijodiy tanlovning Toshkent shahar bosqichida Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta'lim maktab o'quvchisi g'oliblikni qo'lga kiritdi
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Jaholatga qarshi — ma'rifat!” hamda “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” mavzularida Respublika ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Yakunda “Jaholatga qarshi — ma'rifat!” mavzusidagi ijodiy tanlovning Toshkent shahar bosqichi g‘olibi deb Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi F.Imamova e'tirof etildi. “Konstitutsiya — erkinligimiz kafolati” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 256-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sh.Axmedovaga nasib etdi. Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















