Maktab o'quvchi - qizlari o‘rtasida "Vatan mehri yuragimda" tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 26 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabida "Toshkent tajribasi" rejasi asosida tuman xalq ta'limi bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo'limi, Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi bilan hamkorlikda Yunusobod tumani Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablari o'quvchi-qizlari o‘rtasida "Vatan mehri yuragimda" tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga Yunusobod tuman Xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-axloqiy tarbiya sho‘basi mudiri D.Muminova, Yunusobod tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari J.Qobilov tashrif buyurib, hakamlik qildilar. Tanlovda qizlar Nizomda belgilangan 3 ta shart bo'yicha bellashdilar. Shartlar bajarish mobaynida o'quvchi - qizlar Vatanni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari namoyish etishdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni 274-maktab, 2-o‘rinni 150-maktab, 3-o‘rinni 220-maktablar egallashdi. Тanlov ishtirokchilari Yunusobod XTB mudirining Faxriy Yorliqlari va Yunusobod tuman ma’naviyat va ma’rifat markazining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















