Kattabek Achilov Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi. Oliy toifali o‘qituvchi.

Kattabek Achilov Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi. Oliy toifali o‘qituvchi.
Mohir pedagogning 2018-2020 yillar davomida izlanishi natijasida 6-11-sinflar uchun mo‘ljallangan "Universal tarix" nomli o‘quv qo‘llanmalari (11 turda) majmui nashr etilgan.
Kattabekning iqtidorli o‘quvchilari fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichlarida muntazam ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Uning ustozligidagi tayyorlov guruhida tahsil olgan o‘quvchilar har yili oliy ta’lim muassasalariga yuqori ballar bilan talabalikka tavsiya etilayotganligi quvonarlidir.
E’tiborlisi, yaqinda Kattabek Achilov Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkazilgan sinov jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 100 ballik natijani qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















