Xalq ta'limi vazirligida Baxtiyor Saidovni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Xalq ta'limi vazirligida Baxtiyor Saidovni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi
Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Xalq ta'limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bugun Xalq ta'limi vazirligida Baxtiyor Saidovni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Baxtiyor Saidovning xalq ta'limi tizimida olib borgan sermahsul faoliyati davomida sohada qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganligini ta'kidlab o‘tdi hamda uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tilashdi.
Baxtiyor Saidov o‘tgan vaqt davomida vazirlik mas'ullari hamda sohadagi barcha xodimlar bilan hamjihat mehnat qilganligini ta'kidlab o‘tdi hamda buning uchun vazirlik jamoasiga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tdi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















