“Ta’lim sifatini oshirishning asosiy poydevori bu malakali kadr” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekistonda 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilinishi bejizga emas. Yurt kelajagi barkamol avlod qo‘lidadir. Shunday ekan, barkamol avlodni tarbiyalashning, ularga sifatli ta’lim berilishining asosiy poydevori bu malakali kadr hisoblanadi. Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan joriy yilning 7-yanvar kuni tumandagi 247-sonli umumta’lim maktabida tuman tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’lim sifatini oshirishning asosiy poydevori bu malakali kadr” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda tumandagi jami 42 ta umumta’lim maktablaridan 44 nafar o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va 4 nafar TXTB xodimlari, 1 nafar A.Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti xodimi, jami 49 nafar ta’lim xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda dolzarb mavzular, jumladan “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik kо‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish” haqidagi nizom, ntr.avloniy.uz portalida rо‘yxatdan о‘tish va vakansiyalar e’lon qilish tartibi, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qо‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibi va pedagog kadrlarni 2023-yil yanvar-iyun oylarida о‘tkaziladigan attestatsiyaga jalb etishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari roli hamda Milliy reyting masalalari keng qamrab olindi. Seminar yakunida ishtirokchilardan anketa so‘rovnomalari o‘tkazilib, ularning ehtiyojlari aniqlandi va kelgusi rejalar belgilab olindi.
24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















