“Kreativ yondashuv asosida zamonaviy va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish – davr talabi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta’lim maktabida qishki ta’til kunlaridan unumli foydalanib, “Kreativ yondashuv asosida zamonaviy va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish – davr talabi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti Gulbahor Rahimova boshchiligida tajribali va mahoratli ustozlar tomonidan ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tkazish asosida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba va fikr almashishdi. Mahoratli ustozlar seminardan olgan o‘z taassurotlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashib, zimmalaridagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirdilar.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















