Toshkent shahridagi mavjud 335 umumta’lim muassasasidan 278 tasida 23 yanvar kuni o‘quv mashg‘ulotlariga ruxsat beriladi

Xabaringiz bor, 23 yanvar, dushanba kunidan poytaxtimizdagi umumta’lim muassasalarida III chorak o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.
Mutaxassislarning bildirishicha, o‘quvchilar ta’lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ertaga mavjud 335 ta’lim muassasasidan 278 tasida III chorak dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Ammo havo harorati yuqorida belgilanganidan past ko‘rsatkichga ega 57 ta umumta’lim muassasasida uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan. Jumladan, Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-, Mirobod tumanidagi 83-, 94-, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-, Olmazor tumanidagi 1-, 28-, Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-, Uchtepa tumanidagi 199-, 251-, Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati, Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-, Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli, Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-, Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati

21.04.2025 / 08:25.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash va o’quvchi shaxsining kelajakda malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari maqsadida “Kasb kuni” o’tkazildi

16.04.2025 / 09:23.Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" loyiha doirasida o'quv-amaliyot mashg'ulotlari o'tkazildi

15.04.2025 / 11:39.Yunusobod tumani 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Har kuning bo’lsin Navro'z!” shiori ostida bayram sayli uyushtirildi