Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustozni 85 yoshi bilan qutlagani xonadoniga bordi

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzaahmedov qutlug‘ 85 yoshni qarshiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ustozning xonadonida bo‘lib, tavallud ayyomi bilan tabrikladi. Ta’kidlash kerakki, Mirfozil ustoz 58 yildan buyon fidoyilik bilan yoshlarga ta’lim va tarbiya berib kelmoqda. Uning shogirdlari orasidan 11 nafar fan nomzodi va fan doktori yetishib chiqqan. Vazir Mirfozil Mirzaahmedovni chin yurakdan tabriklab, o‘z ezgu tilaklarni bildirdi hamda “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















