Kecha Toshkent shahar hokimligida tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova rahbarligida o‘tgan tadbirda umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva ham qatnashdi.
Jumladan, Yunusobod, Uchtepa, Yangihayot tumanlarida ushbu yo‘nalishlarda maktablar tanlab olingani hamda ularda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborotlar tinglandi. Oldinda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















