Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Bolalar psixologiyasi markazi hamkorligida ilmiy-amaliy forum o‘tkazildi

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Bolalar psixologiyasi markazi hamkorligida “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim, voyaga yetmagan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ta’lim, rivojlanish, ijtimoiy moslashishda vujudga kelgan buzilishlar (xulqiy og‘ishlari, ruhiy jarohat) sabablari va mexanizmlarini aniqlash va ularning oldini olish“ mavzusida ilmiy-amaliy forum o‘tkazildi.
Unda Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Respublika Tashxis markazi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Forumda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarining 350 nafar amaliyotchi-psixologlari qatnashib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















