Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hududiy bo'linmalari rahbarlik lavozimlariga suhbatlar bo'lib o'tmoqda

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo'limlarining rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat bo'lib o'tmoqda.
Hozirda ishchi guruh a'zolari Samarqand viloyatidagi Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirlligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tizimlarida faoliyat olib borgan nomzodlar bilan suhbat o'tkazishmoqda.
Unda nomzodning ko'nikma va malakasi sinovdan o'tkazilib, javoblar ishchi guruh a'zolari tomonidan baholab borilmoqda.
Keyingi suhbat jarayonlari Navoiy viloyatida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Manba: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















